
Bukovina va Dalmatsiya mitropolitlari qarorgohi
Ansambl 1864–1882-yillarda Yozef Glavka loyihasi bo‘yicha qurilgan. U tarixiy me’moriy uslublarni birlashtirib, seminariya, monastir binosi, cherkov, bog‘ va parkni o‘z ichiga oladi. Sobiq qarorgohdan Chernovtsi milliy universiteti foydalanadi.


